Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida 10-sinf o‘quvchilari ishtirokida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani doirasida saf tayyorgarligi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar safga tizilish, joyida burilish, saf qadami bilan yurish hamda komandalarni bir vaqtda aniq va tezkor bajarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar. Jarayonda saf intizomi va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, belgilangan masofa va oraliqni to‘g‘ri saqlash, safdoshlar bilan hamjihat va muvofiq harakatlanish ustida ishlandi. O‘tkazilgan mashqlar o‘quvchilarning jamoa oldidagi mas’uliyat hissini oshirishga xizmat qildi.

Bunday amaliy mashg‘ulotlar yoshlarda yuksak diqqat-e’tibor, qat’iyatlilik va jamoaviylik fazilatlarini rivojlantirish, ularni harbiy xizmatga puxta tayyorlash hamda Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oxirgi yangilangan: 12.11.2026 14:44

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

30/10/2026

8