Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi vakillari “Silk Road University Fair” xalqaro ta’lim forumida ishtirok etdilar
2026-yil 27–28-oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Silk Road University Fair” xalqaro ta’lim forumi va ko‘rgazmasida Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori Obidxon Muminov hamda maktab maslahatchisi Farida Karimova faol ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida maktab maslahatchilarining kasbiy rivojlanishiga qaratilgan maxsus seminar va treninglar tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilarni oliy ta’limga tizimli yo‘naltirish, xalqaro qabul jarayonlari va ularning akademik maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zamonaviy bilim hamda ilg‘or tajribalarni boyitish imkonini berdi.
Mazkur nufuzli forumdagi ishtirok maktabda ta’lim va maslahat xizmatlari sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarni dunyoning yetakchi universitetlariga puxta tayyorlash hamda har bir yoshning qobiliyat va qiziqishlariga mos ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
30/10/2026
5

