Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi yana bir yuqori natijaga erishdi.

Maktabimizning 7-02 — Abu Ali ibn Sino sinfi o‘quvchisi Akramova Mubinaxon Aliyor qizi IRN — ASIAN CHEMPIONS LEAGUE olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

U Science fani yo‘nalishida 1-o‘rinni egallab, o‘zining bilim va salohiyatini munosib namoyon etdi.

Mazkur natija o‘quvchining fanlarni chuqur o‘zlashtirishga bo‘lgan intilishi, izlanishi va muntazam mehnatining samarasi hisoblanadi.

Akramova Mubinaxon Aliyor qizini ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz. Unga kelgusidagi respublika va xalqaro olimpiadalarda yangi yutuqlar, yuqori natijalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Oxirgi yangilangan: 07.10.2026 12:34

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

29/09/2026

37