Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari “Silk Road University Fair” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etdilar
2026-yil 27–28-oktabr kunlari Toshkent shahrida tashkil etilgan “Silk Road University Fair” xalqaro ta’lim forumi va ko‘rgazmasida Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari ham ishtirok etdilar.
Mazkur nufuzli tadbir o‘quvchi-yoshlar uchun xalqaro oliy ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish, dunyoning yetakchi universitetlari va zamonaviy ta’lim dasturlari haqida batafsil ma’lumot olish hamda kelgusidagi akademik rejalarini tizimli shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Ko‘rgazma davomida o‘quvchilar xorijda tahsil olish shartlari, qabul jarayonlari va stipendiya dasturlari yuzasidan bevosita vakillardan zarur bilim hamda tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
Bunday xalqaro ta’lim tadbirlari yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishini yanada kuchaytirish, dunyoqarashini kengaytirish va kelajakdagi kasbiy faoliyatini ongli hamda puxta rejalashtirishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
30/10/2026
11

