Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 10-02 — “Abu Nasr Forobiy” sinfi o‘quvchilari nufuzli Pearson Edexcel International GCSE xalqaro imtihonlarida ulkan va faxrli natijalarni qo‘lga kiritdilar.

Jumladan:

Firdavsbek Erkinjonov — Pearson Edexcel International GCSE in Physics (Fizika) fanidan dunyo bo‘yicha eng yuqori ball egasiga aylandi;

Odinakhon Khayitova — Pearson Edexcel International GCSE in Biology (Biologiya) fanidan dunyo bo‘yicha eng yuqori ball sohibasi bo‘ldi;

Odinakhon Khayitova — Pearson Edexcel International GCSE in Chemistry (Kimyo) fanidan O‘zbekiston bo‘yicha eng yuqori ball natijasini qayd etdi.

Ushbu xalqaro e’tirof o‘quvchilarimizning tinimsiz mehnati, chuqur bilimi hamda maktabda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhitining yorqin samarasidir. Maktab jamoasi iqtidorli yoshlarimizni, ularning ota-onalarini va ustozlarini ushbu yuksak g‘alaba bilan samimiy tabriklab, kelgusidagi o‘qish va ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.

Oxirgi yangilangan: 12.11.2026 16:00

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

10/11/2026

11