Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi uchun musiqiy art-trening tashkil etildi
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida pedagogik jamoa va xodimlarning kasbiy hamda shaxsiy salohiyatini oshirish, jamoada o‘zaro hamjihatlik va sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni mustahkamlash maqsadida maxsus haftalik tadbirlar dasturi doirasida mashg‘ulotlar izchil davom etmoqda.
Mazkur dastur doirasida xodimlar o‘rtasida musiqiy madaniyatni shakllantirish, ularga ijodiy ilhom va ruhiy yengillik ulashish maqsadida tajribali mutaxassis I. Shadiyev tomonidan mahoratli art-trening tashkil etildi.
Qiziqarli va interaktiv ruhda o‘tgan mashg‘ulot davomida ishtirokchilar musiqiy uyg‘unlik orqali his-tuyg‘ularni ifodalash, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash hamda ish jarayonidagi ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf etish bo‘yicha foydali amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
04/11/2026
5

