Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi pedagogik jamoasi va xodimlari o‘rtasida o‘zaro ishonch va birdamlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan maxsus haftalik dasturi doirasida navbatdagi sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mas’ul xodim X. Jalolova boshchiligida “Biz bir jamoamiz” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur musobaqada jamoa a’zolari faol ishtirok etib, o‘zlarining chaqqonligi, jismoniy chidamliligi hamda yuksak jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.

Do‘stona va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan bellashuvlar xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat ruhini uyg‘otish bilan birga, ularning jismonan chiniqishi hamda ish jarayonidagi ruhiy quvvatini oshirishga xizmat qildi. Jamoaviy birdamlik va sog‘lom muhit — yangi pedagogik yutuqlar hamda umumiy taraqqiyot poydevoridir.

Oxirgi yangilangan: 12.11.2026 15:10

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

04/11/2026

5