Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sh. Shuxratov belgilangan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarning qiziqishlari va kelajakdagi kasbiy maqsadlarini aniqlash, ularni tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, IELTS va SAT imtihonlari, fan olimpiadalari hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha natijalarni yaxshilashga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, har bir o‘quvchining salohiyati va ehtiyojlarini hisobga olgan holda individual rivojlanishini ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish hamda kelgusidagi ta’lim yo‘lini rejalashtirishda maktab va universitet hamkorligining ahamiyati ta’kidlandi.

Oxirgi yangilangan: 19.10.2026 11:14

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

15/10/2026

34