Agentlik tizimidagi maktablar pedagoglari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha do‘stlik uchrashuvi o‘tkazildi
2026-yil 5-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg‘ona filialida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagog xodimlari o‘rtasida mini-futbol sport turi bo‘yicha do‘stlik uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur sport tadbirida Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi hamda hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablar jamoalari o‘zaro bellashdilar. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — pedagog xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda muassasalar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik va kasbiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat.
Qizg‘in va do‘stona ruhda o‘tgan musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining sport mahorati, jamoaviy birdamligi va yuqori faolligini namoyon etdilar. Zero, sport nafaqat sog‘lom hayot tarzi, balki jamoalar o‘rtasida do‘stlik, birlik va hamjihatlikni mustahkamlovchi muhim vositadir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
05/11/2026
10

