Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 5-01 — Al-Xorazmiy sinfi o‘quvchisi Abduqodir Mulaydinov IRN Republic Mathematics and English Olympiad musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Olimpiadaning matematika yo‘nalishida Abduqodir asosiy savollar bo‘yicha 100 ball, qo‘shimcha beshta savoldan esa 50 ball to‘pladi. Jami 150 ball natija bilan u olimpiadaning yakuniy bosqichida o‘z bilimi va salohiyatini munosib namoyon etdi.

Ushbu muvaffaqiyat Abduqodirga oltin medal bilan birga Singapurga xarajatlari to‘liq qoplanadigan sayohat yo‘llanmasini ham taqdim etdi.

Maktab jamoasi Abduqodir Mulaydinovni ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaydi. O‘quvchimizga kelgusidagi respublika va xalqaro olimpiadalarda yangi yutuqlar hamda o‘qishlarida davomli muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Oxirgi yangilangan: 07.10.2026 12:10

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

24/09/2026

96