9-sinf o‘quvchisi Saodat Odiljonova IELTS imtihonidan 8,0 ball oldi
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida yana bir yuksak natija qayd etildi.
Maktabimizning 9-02 Abu Rayhon Beruniy sinfi o‘quvchisi Odiljonova Saodat Qodirjon qizi ingliz tilini bilish darajasini baholovchi xalqaro IELTS imtihonidan 8,0 ball oldi.
Ushbu natija Saodatning ingliz tilini puxta egallagani, bilim olishga bo‘lgan yuksak intilishi, izlanishi va izchil mehnatining yorqin ifodasidir. IELTS imtihonidan 8,0 ball olish xalqaro miqyosda yuqori baholanadigan natijalardan biri bo‘lib, o‘quvchimizning kelgusidagi ta’limiy maqsadlariga erishishi yo‘lidagi muhim qadamdir.
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi Saodatning ushbu muvaffaqiyati bilan faxrlanadi.
Ishonamizki, mazkur natija uning kelgusida yanada ulkan marralarni zabt etishi uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. Saodatga ilm yo‘lidagi barcha ezgu maqsadlariga erishishda omad, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tilaymiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
20/09/2026
12

