Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida yana bir yuksak natija qayd etildi.

Maktabimizning 9-sinf o‘quvchisi Ilhomjonov Ahliddin Alimardon o‘g‘li ingliz tilini bilish darajasini baholovchi xalqaro IELTS imtihonidan 8,0 ball oldi.

Ushbu natija Ahliddinning ingliz tilini puxta egallagani, bilim olishga bo‘lgan intilishi va izchil mehnatining yorqin ifodasidir. IELTS imtihonidan 8,0 ball olish xalqaro miqyosda yuqori baholanadigan natijalardan biri bo‘lib, o‘quvchimizning kelgusidagi ta’limiy maqsadlariga erishishi yo‘lidagi muhim qadamdir.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi Ahliddinning ushbu muvaffaqiyati bilan faxrlanadi.

Ishonamizki, mazkur natija uning kelgusida yanada ulkan marralarni zabt etishi uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. Ahliddinga ilm yo‘lidagi barcha ezgu maqsadlariga erishishda omad, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tilaymiz!

Oxirgi yangilangan: 10.09.2026 13:43

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

10/09/2026

40