Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida navbatdagi faxrli natija qayd etildi.

Maktabimiz o‘quvchilari nafaqat yuqori sinflarda, balki maktab ostonasiga endigina qadam qo‘ygan yoshidanoq o‘z bilim va salohiyatini namoyon etmoqda.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o‘quvchisi Kadirov Abdussamiy Xasanovich ingliz tilini bilish darajasini baholovchi xalqaro IELTS imtihonidan 6,5 ball olib, B2 darajasidagi natijani qayd etdi.

5-sinf yoshida xalqaro miqyosdagi bunday murakkab imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish — o‘quvchimizning tinimsiz mehnati, bilim olishga bo‘lgan yuksak intilishi hamda ustozlari tomonidan berilgan to‘g‘ri yo‘nalishning yorqin natijasidir.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi Abdussamiyning ushbu muvaffaqiyati bilan faxrlanadi. O‘quvchimizga kelgusi ta’lim jarayonida va ilm yo‘lidagi ulkan maqsadlariga erishishda omad hamda yangi zafarlar tilaymiz!

Oxirgi yangilangan: 10.09.2026 13:40

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

10/09/2026

46