10-01-sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan uchrashuv
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida 10-01 — Abu Nasr Forobiy sinfi o‘quvchilarining ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda maktab va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga oid muhim masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarning akademik natijalari, davomati va intizomi, xalqaro imtihonlarga tayyorgarligi hamda kelgusidagi ta’lim yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ota-onalarga Prezident maktablari bitiruvchilarining oliy ta’limga kirishida beriladigan imtiyozlarga oid yangi tartib va o‘zgarishlar, A-Level natijalariga qo‘yiladigan talablar hamda grant ajratish mezonlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Xalqaro imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, yuqori akademik natijalarga erishish va o‘quvchilarning kelgusidagi ta’lim yo‘lini to‘g‘ri rejalashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida maktab, o‘quvchi va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish o‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
24/09/2026
43

